Berganda moy yoqar hatto og'izga
Insonni shanini yemirdik qo'ydik
Qul bo'ldik bir parcha oddiy qog'ozga
Birovning haqqidan hech qo'rqmay qo'ydik
Ko'z tikib mol dunyo ulovariga
Chuv tashlab kimgadir birovlariga
Zo'r berib firb-u aldovlariga
Shaytonng makridan ham qo'rqmay qo'ydik
Halol bor harom bor bitta qadamda
Al qasos minal haq qaytar chamamda
Nahotki qolmadi vijdon odamda
Kibrga berilib nafsga qul bo'ldik
Asossiz birovning hayotin bulg'am
Aytdingiz tuxmatlar ayblab nohaq
Unutmang ko'rguvchi, bilguvchi bor haq
Allohning qahridan hech qo'rqmay qo'ydik
Shunchaki yashashga qolibmiz ko'nib
Loqaytmiz be amal illatga to'lib
Nima qildik mo'min birodar bo'lib
Qiyomat yaqindir unutib qo'ydik
Yetimning boshini silash o'rniga
To'ldirdik puch yong'oq faqat qo'yniga
Oqibat biri g'alva tashlab bo'yniga
Robbimning qaxridan hech qo'rqmay qo'ydik
Bilmassan qay dilda nima yotganin
Ko'rarsan o'z do'sting toshlar otganin
Pul uchun odamni odam sotganin
Insonni vahmidan hech qo'rqmay qo'ydik
Ko'rganda lof urib doim sizlagan
Bir ishning ortidan ma'nfaat ko'zlagan
Xato qilishingni har kun poylagan
Dushmanlar birligin payqamay qo'ydik
Yolg'onlar bozori shayton makoni
Be payon dunyoning to'rta tomoni
Keldimi laganbardorlar zamoni
Rost nima yolg'onmi anglamay qo'ydik
Shunchaki yashashga qolibmiz ko'nib
Loqaytmiz be amal illatga to'lib
Nima qildik mo'min birodar bo'lib
Qiyomat yaqindir unutib qo'ydik