Mansab uchun poyni ko`zga surmayman
Meni sotganlarni odam bilmayman
Kuchi yo`q, ojizdek g`iybat qilmayman
Allohga soldim, Allohga soldim
Sizlardek osmonga sapchiganim yo`q
Ko`zim ham, ko`nglim ham, vijdonim ham to`q
Men ozroq egildim, lek singanim yo`q
Allohga soldim, Allohga soldim
Ishonchimga kirib aldaganlar has
Nomarddan ham nomard, pastlardan ham past
Allohdan qo`rqaman, bandasidanmas
Allohga soldim, Allohga soldim
Dilimda iymondir, ko`nglimda ka'ba
Alloh kechirimli qilinglar tavba
Dushmanlarga kulgum beryabdi zarba
Allohga soldim, Allohga soldim
Mardman deb kerilma, vijdonli bo`lchi
Hayotda mardlarcha bir yashab ko`rchi
Odamni ajratmas banda odamdan
Yaralgansan asli nasling tuproqdan
Mardman deb kerilma, vijdonli bo`lchi
Hayotda mardlarcha bir yashab ko`rchi
Odamni ajratmas banda odamdan
Yaralgansan asli nasling tuproqdan
Qilayotgan ishlarim Alloh bilsa bas
Qadamlarim o`lchash bandasigamas
Yurmayman hech kimga bo`lib qasdma qasd
Allohga soldim, Allohga soldim
Yo`qlikda ostonam urib kelganlar
Mendan panoh izlab, ko`nglim olganlar
Bugun odam bo`lib, so`ng tupurganlar
Allohga soldim, Allohga soldim
Bugun qaddim baland, omadlar qurshab
Mana davrim keldi, ming shukur, yo Rab
Men g`iybat qilmayman sizlarga o`xshab
Allohga soldim, Allohga soldim
Dilimda iymondir, ko`nglimda ka`ba
Alloh kechirimli qilinglar tavba
Dushmanlarga kulgum beryabdi zarba
Allohga soldim, Allohga soldim
Mardman deb kerilma, vijdonli bo`lchi
Hayotda mardlarcha bir yashab ko`rchi
Odamni ajratmas banda odamdan
Yaralgansan asli nasling tuproqdan